Live
3
O'zbek

“Shtutgart” Undav bilan shartnomani uzaytirdi

Futbol
1 iyun, 16:22
Futbolchi 2023 yildan beri “Shtutgart” safida to'p tepib keladi.
“Shtutgart” Undav bilan shartnomani uzaytirdi
Фото: Getty Images

“Shtutgart” hujumchi Deniz Undav bilan shartnomani uzaytirganini rasmiy e'lon qildi.

Qayd etilishicha, klub 29 yoshli germaniyalik forvard bilan 2029 yilning yoziga qadar bitim imzoladi. Tomonlar kelishuvni yana bir yilga uzaytirishlari mumkin.

Futbolchi 2023 yildan beri “Shtutgart” safida to'p tepib keladi. O'tgan mavsumda Deniz barcha turnirlar doirasida 46 ta o'yinda maydonga tushib, 25 ta gol urdi va 14 ta assistga mualliflik qildi.

“Shtutgart” esa Bundesligada 4-o'rinni egallab, Chempionlar ligasining asosiy bosqichiga yo'llanmani qo'lga kiritdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Shtutgart Shtutgart
Bugungi yangiliklar