Live
2
O'zbek

Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Londondagi nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etadi

Boshqalar
24 noyabr, 02:00
Ham yurtdoshimiz turnirning asosiy «Masters» guruhida jahonning kuchli shaxmatchilariga qarshi dona suradi.
Shaxmat. Nodirbek Abdusattorov Londondagi nufuzli shaxmat turnirida ishtirok etadi
Foto: Uzbekistan Chess Federation

25 noyabr — 7 dekabr kunlari Buyuk Britaniya poytaxti London shahrida «London Chess Classic–2026» xalqaro shaxmat turnirining 16-mavsumi bo‘lib o‘tadi. Bu haqda O‘zbekiston Shaxmat federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Ushbu nufuzli musobaqada O‘zbekiston sharafini grossmeyster Nodirbek Abdusattorov himoya qiladi. Hamyurtimiz turnirning asosiy «Masters» guruhida jahonning kuchli shaxmatchilariga qarshi dona suradi.

Musobaqa ishtirokchilari:

  • Nodirbek Abdusattorov — O‘zbekiston (2772);
  • Nihal Sarin — Hindiston (2720);
  • Levon Aronyan — AQSh (2719);
  • Endi Vudvord — AQSh (2635);
  • Vasiliy Ivanchuk — Ukraina (2635);
  • Gaveyn Jons — Angliya (2630);
  • Igor Samunenkov — Ukraina (2610);
  • Lyuk MakSheyn — Angliya (2606);
  • Maykl Adams — Angliya (2597);
  • Shreyas Royal — Angliya (2537).

Musobaqa klassik shaxmat yo‘nalishida aylanma tizim asosida o‘tkaziladi. Ishtirokchilar 9 tur davomida o‘zaro bahs olib boradi. Dastlabki 40 ta yurish uchun 90 daqiqa, qolgan yurishlar uchun esa 30 daqiqa ajratiladi. Shuningdek, har bir yurish uchun 30 soniyadan qo‘shimcha vaqt beriladi.

Turnirning birinchi tur uchrashuvlari ertaga, 25 noyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 21:00 da start oladi.

Musobaqaning umumiy mukofot jamg‘armasi 131 ming AQSh dollarini tashkil etadi. Turnir g‘olibi esa 65 500 dollar miqdoridagi pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Shuningdek, 5–6 dekabr kunlari ushbu turnir doirasida 10 turdan iborat «Super Rapid» musobaqasi ham tashkil etiladi. Unda norvegiyalik mashhur grossmeyster Magnus Karlsen ham ishtirok etadi.

Eslatib o‘tamiz, Nodirbek Abdusattorov o‘tgan yili Londonda o‘tkazilgan turnirda 9 imkoniyatdan 7,5 ochko jamg‘arib, bosh sovrinni qo‘lga kiritgan edi.

Bugungi yangiliklar