«Shalke» klubi forvard Edin Jeko bilan shartnomani uzaytirmoqchi. Bu haqda insayder Nikolo Skira xabar berdi.
Manbaga ko'ra, nemis klubi bosniyalik 40 yoshli forvard bilan 2027 yilning yoziga qadar yangi bitim imzolamoqchi.
Jeko kelajagi borasida bir qarorga kelmadi. U jahon chempionati startiga qadar hammasiga oydinlik kiritishi kutilmoqda.
Eslatib o'tamiz, Jeko «Shalke»da yil boshidan beri o'ynab kelmoqda. Uning amaldagi bitimi 30 iyunga qadar amal qiladi. Bu vaqt davomida 9 ta o'yinda maydonga tushib, 6 ta gol urdi va 3 assistni qayd etdi.
Ma'lumot uchun, Edin ilgari «Fiorentina», «Fenerbahche», «Inter», «Roma», «Manchester Siti», «Volfsburg», «Teplice» va «Zheleznichar» jamoalarida o'ynagan.
Avvalroq gelzenkirxen klubi Bundesliga yo'llanmasini qo'lga kiritgandi.