Live
3
O'zbek

"Shalke" muddatidan oldin Bundesliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Futbol
3 may, 02:54
"Konchilar" safida Jeko va Karius to'p tepmoqda.
"Shalke" muddatidan oldin Bundesliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Фото: Getty Images

Bundesliga-2 ligasi 32-turida "Shalke" o'z maydonida "Fortuna Dyusseldorf"ni qabul qildi. Unda "konchilar" 1:0 hisobida g'alaba qozondi. Yagona gol 15-daqiqada Kenan Karaman hisobiga yozildi.

Bu g'alabadan so'ng "Shalke" o'z ochkolarini 67 taga yetkazib, ikkinchi Bundesliga turnir jadvalida yakka peshqadamlik qilmoqda. Ular muddatidan oldin Bundesliga yo'llanmasini qo'lga kiritdi.

Hozirda 58 ochko bilan ikkinchi o'rinda borayotgan "Paderborn" jamoasining zahirasida bir o'yin mavjud bo'lsa-da, ular ochkolar bo'yicha "Shalke"ga eta olmaydi.

Eslatib o'tamiz, ular safida 39 yoshli Edin Jeko, Loris Karius kabi o'yinchilar to'p tepmoqda. Germaniyalik kiper 12 ta o'yinda darvozasi daxlsizligini saqlab qoldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
Bugungi yangiliklar