Live
1
O'zbek

Samarqandning «Dinamo»siga viloyat mahalliy byudjetidan 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi

Futbol
1 may, 06:59
Avvalroq, klub moliyaviy qiyinchiliklarga duch kelayotgani aytilgandi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
Samarqandning «Dinamo»siga viloyat mahalliy byudjetidan 10 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi
Foto: Getty Images

Jumladan jamoa bosh murabbiyi Vadim Abramov ushbu mavzuga to‘xtalib o‘tgani haqida xabar bergan edik.

Zarafshon gazetasi ma’lumotiga ko‘ra, kuni kecha bo‘lib o‘tgan Xalq deputatlari viloyat Kengashining sessiyasida viloyat mahalliy byudjetining qo‘shimcha manbalari hisobidan «Dinamo» futbol klubini qo‘llab-quvvatlash maqsadida 10 milliard so‘m mablag‘ ajratishga qaror qilingan.

Eslatib o‘tamiz, 10-turdan keyin klub 2 ta g‘alaba, 2 ta durang va 6 ta mag‘lubiyat qayd etib, 8 ochko bilan 14-o‘rinni egallab turibdi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Dinamo Samarqand Dinamo Samarqand
Bugungi yangiliklar