Bugun
7
O'zbek

Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi

Boshqa sportlar
2 avgust, 08:18
Tailandda Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo'lib o'tdi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi
Foto: MOQ

Saken Polatov Asian Boxing vitse-prezidenti etib saylandi. Bu haqda MOQ matbuot xizmati xabar berdi.

«Tailandda o'tayotgan boks bo'yicha U-19 va U-22 yosh toifalaridagi Osiyo chempionati doirasida Asian Boxing tashkilotining Kongressi bo'lib o'tdi. Mazkur anjumanda tashkilot rahbariyati tarkibi shakllantirildi.

Quvonarlisi, O'zbekiston boks federatsiyasi raisi birinchi o'rinbosari Saken Polatov Asian Boxing tashkilotining vitse-prezidenti lavozimiga saylandi.

O'zbekiston Milliy Olimpiya qo'mitasi Saken Jetibayevichni ushbu nufuzli lavozimga saylangani bilan tabriklaydi hamda mas'uliyatli faoliyatida muvaffaqiyat va kuch-g'ayrat tilaydi», — deyiladi xabarda.

Avvalroq O'zbekiston Professional boks federatsiyasiga yangi rais saylangani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar