Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatida O‘zbekiston jamoasi yana bir medalni qo‘lga kiritdi.
Musobaqaning −81 kg vazn toifasida ishtirok etgan Sa’dulla Ravshanov Yaponiya, Braziliya, Gruziya va Xitoy vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Yarimfinal bahsida esa Fransiya vakilidan ustun keldi.
Final bellashuvida rossiyalik Yaroslav Bunakovga imkoniyatni boy bergan Sa’dulla Ravshanov jahon chempionatining kumush medali bilan taqdirlandi.
Shu tariqa, O‘zbekiston jamoasi hisobidagi medallar soni 2 taga yetdi. Ayni paytda jamoamiz hisobida 1 ta oltin va 1 ta kumush medal mavjud.