Krishitanu Ronaldu «An Nasr»ning yana bir o'yinini o'tkazib yuboradi.
Portugalialik futbolchi Saudiya Arabistoni chempionati doirasida «Al Ittihod»ga qarshi bo'ladigan 6 fevral kungi uchrashuvda ishtirok etmaydi. U qaydnomadan o'rin olmadi.
Fabritsio Romano ta'kidlashicha, hujumchi hali ham Saudiya Arabistoni Suveren jamg'armasi (PIF) ligadagi ayrim klublarni turlicha munosabat bilan boshqarayotganidan norozi. Unda jarohat yo'q, jamoa bilan birga mashg'ulot ham o'tkazgan.
Shu bilan birga insayder 41 yoshli Krishitanu shartnomani bekor qilishni yoki MLSga o'tishni rejalashtirmoqda, degan xulosalarga shoshilmaslikka chaqirmoqda.
Avvalroq Ronaldu PIF uning klubiga chempionlik uchun kurashishga xalal berayotganini deb hisoblayotgani haqida xabar berilgandi. Shuningdek, futbolchi «raqobatga zarar yetkazishi» sababli Benzemaning «Al Hilol»ga o'tishiga qarshi chiqqan, degan ma'lumotlar ham paydo bo'lgan.