Braziliya futbolining afsonalari Ronaldo va Roberto Karlos mamlakatning uchinchi divizionida ishtirok etayotgan «Inter de Limeyra» klubining 80 foiz aksiyalarini sotib oldi.
1913 yilda tashkil etilgan klub 1980-yillarda Braziliya ikkinchi divizionida ikki marta, shuningdek, San-Paulu shtati chempionatida g‘olib chiqqan.
Ronaldo va Roberto Karlos boshchiligidagi investorlar konsorsiumi klubni rivojlantirish uchun keyingi 10 yil davomida 454 mln Braziliya reali miqdorida investitsiya kiritishni rejalashtirmoqda. Bu qariyb 80 mln dollarga teng.
Loyiha orqali afsonaviy klubning moliyaviy holatini yaxshilash va uni Braziliya futboli yuqori pog‘onalariga qaytarish ko‘zda tutilgan.