Live
6
O'zbek

Rodrigo jarohati sabab JChni o'tkazib yuborishi mumkin

Futbol
3 mart, 10:32
Braziliyalik futbolchi «Xetafe»ga qarshi bahsda jarohat olgandi.
Rodrigo jarohati sabab JChni o'tkazib yuborishi mumkin
Фото: Getty Images

«Real» hujumchisi Rodrigo Goes Ispaniya chempionatining 26-turida «Xetafe»ga (0:1) qarshi bahsda o'ng tizzasining xochimon bog'lamlarini shikastlab olgan.

OK Diario nashri xabar berishicha, braziliyalik futbolchi mavsum yakuniga qadar safdan chiqqan. Shuningdek, u jahon chempionatini ham o'tkazib yuborishi mumkin.

Eslatib o'tamiz, Rodrigo «Xetafe»ga qarshi bahsda 55-daqiqada maydonga tushib, jarohat oldi. Shunga qaramay, o'yinni oxirigacha davom ettirdi.

Braziliya milliy jamoasi bo'lajak mundialda guruhda Marokash, Gaiti va Shotlandiya bilan to'qnash keladi.

Bugungi yangiliklar