Live
4
O'zbek

Rasman: Karius "Shalke" bilan shartnomasini uzaytirdi

Futbol
9 iyun, 12:10
Tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv ikki yilga mo'ljallangan.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Rasman: Karius "Shalke" bilan shartnomasini uzaytirdi
Foto: FC Schalke 04

Germaniyalik darvozabon Loris Karius "Shalke" bilan shartnomasini uzaytirdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.

Tomonlar o'rtasidagi yangi kelishuv ikki yilga mo'ljallangan. Qayd etish lozim, yakunlangan mavsumda "Shalke" bir necha yillik tanaffusdan so'ng ilk bor Bundesligaga qaytdi. Kariusning o'zi esa mavsum davomida yetarlicha o'yin amaliyotiga ega bo'lib, jami 31 uchrashuvda maydonga tushdi.

Ma'lumot o'rnida, Karius avval "Mayntz", "Liverpul", "Beshiktosh" hamda "Yunion" jamoalarida to'p tepgan. U mashhur "Shtutgart" akademiyasi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Schalke 04 Schalke 04
Bugungi yangiliklar