Live
2
O'zbek

UFC 323. Pyotr Yan chempionlikni qaytardi, Blahovich va Guskov durang qayd etdi

MMA
7 dekabr, 01:28
Las-Vegasdagi UFC 323 turnirida Pyotr Yan yengil vaznda chempionlikni qaytardi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
UFC 323. Pyotr Yan chempionlikni qaytardi, Blahovich va Guskov durang qayd etdi
Foto: Getty Images

AQShning Las-Vegas shahrida UFC 323 turniri bo‘lib o‘tdi. Asosiy jangda Gruziya vakili Merab Dvalishvili va rossiyalik Pyotr Yan yengil vazn toifasida ringga chiqdi. Hakamlar yakdil qaror bilan Pyotr Yanni g‘olib deb topdi va u UFC tarixida birinchi rossiyalik jangchi sifatida yo‘qotgan chempionlik unvonini qaytarishga muvaffaq bo‘ldi.

Yan birinchi marta 2020-yilda chempion bo‘lgan, ammo 2021-yil mart oyida Aldjameyn Sterlingga mag‘lub bo‘lib, unvonini yo‘qotgan edi. Hozirda 32 yoshli rossiyalik jangchining MMAdagi hisobida 20 g‘alaba va 5 mag‘lubiyat mavjud. Dvalishvilining esa 20 g‘alaba va 4 mag‘lubiyati bor, 34 yoshli gruziyalik jangchi oxirgi jangga qadar 14 g‘alabadan iborat seriyani davom ettirgan edi.

Shuningdek, polshalik sobiq chempion Yan Blahovich va O‘zbekiston nomidan ishtirok etayotgan Bogdan Guskov yarim og‘ir vazn toifasida ringga ko’tarildi. Jang uch raund davom etdi va hakamlarning yakdil qaroriga ko‘ra durang bilan yakunlandi. Hozirda Blahovichning MMA hisobida 29 g‘alaba, 11 mag‘lubiyat va 2 durang, Guskovda esa 18 g‘alaba, 3 mag‘lubiyat va 1 durang mavjud. Bogdan Guskov shu tariqa to‘rt o‘yindan iborat g‘alabali seriyasini to‘xtatdi.

Bugungi yangiliklar