Bugun
6
O'zbek

"PSJ" Rafinaga qiziqish bildirmoqda

Futbol
27 mart, 12:25
Parij klubi braziliyalik futbolchi transferini amalga oshirishga tayyor.
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"PSJ" Rafinaga qiziqish bildirmoqda
Фото: Getty Images

"Barselona" hujumchisi Rafina "PSJ"ning qiziqishlari doirasiga tushdi. Bu haqda ElNacional.cat nashri xabar berdi.

Manbaga ko'ra, parijliklar braziliyalik 29 yoshli futbolchining transferi uchun 100 million yevrodan ortiq pul sarflashga tayyor.

Qayd etilishicha, agar "Barselona" ushbu kelishuvga rozi bo'lsa, o'z moliyaviy muammolarini hal qilishi mumkin.

Bu mavsumda Rafina klub safida barcha turnirlar doirasida 31 ta o'yinda maydonga tushib, 19 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 80 million yevroni tashkil etadi.

Bugungi yangiliklar