Proligada 8-tur o‘yinlari start oldi. FarDU klubi o‘z maydonida "Olimpik-MobiUz"ni qabul qilib, 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.
Natijada farg‘onaliklar 13 ochko bilan turnir jadvalida 5-o‘ringa ko‘tarildi. Mehmonlar esa 9 ochko to‘plab, 8-pog‘onada.
"Orol" mehmonlarda TerDUni minimal hisobda yengdi. Nukusliklar safida yagona gol avto-gol bilan yakunlandi.
Shu tariqa, "Orol" 20 ochko bilan turnir jadvalida yetakchilik qilmoqda. Termiz klubi esa 4 ochko to‘plab, 14-pog‘onada bormoqda.
Proliga. 8-tur
FarDU – Olimpik-MobiUz 2:1
Gollar: Doniyor Valiev, 8 (1:0), Doniyor Valiev, 20 (2:0), Abdug‘afur Haydarov, 31 (2:1).
TerDU – Orol 0:1
Gol: Shohjahon Zaripov, avto-gol 81 (0:1)
Chetlatish: Sharofiddin Shobirov, 69 (TerDU)