Proliga 11-turida "Metallurg" Bekobodda "G'azalkent"ga qarshi o'ynadi. Unda Zayniddin Tojiyev shogirdlari superkamback evaziga g'alaba qozondi.
Dastlab bekobodliklar Vladimir Bubanya va Navro'zbek Iminjonovning gollari evaziga hisobda oldinga chiqib olishdi. Ikkinchi bo'limda esa "G'azalkent" raqib darvozasini uch bor ishg'ol qilib, g'alabani olib ketdi, - 3:2.
Natijada "G'azalkent" ochkolari sonini 18 ochkoga yetkazib, 4-o'ringa ko'tarildi. "Metallurg" shuncha ochko bilan 5-pog'onaga tushdi.
Proliga. 11-tur
G'azalkent – Metallurg 3:2
Gollar: Vladimir Bubanya, 6 (0:1), Navro'zbek Iminjonov, 21 (0:2), Abdurahmon Abdullayev, 46 (1:2), Abdurahmon Abdullayev, 57 (2:2), Abdurahmon Abdullayev, 72 (3:2)