Live
2
O'zbek

Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston para suzishda yana 5 ta medalga sazovor bo‘ldi

Boshqalar
19 oktabr, 09:20
Oltin medallardan so‘ng ketma-ket kumush medallar qo‘lga kiritildi.
Para Osiyo o‘yinlari. O‘zbekiston para suzishda yana 5 ta medalga sazovor bo‘ldi
Foto: Paralympic uz

Yaponiyaning Aichi~Nagoya shahrida Para Osiyo o‘yinlari davom etmoqda.

Dastlabki kun bellashuvlari o‘zbekistonlik parasuzuvchilar uchun sermahsul o‘tmoqda. Ketma-ket 2 ta oltin medaldan so‘ng 4 ta kumush va 1 ta bronza ham qo‘lga kiritildi.

Ayollar o‘rtasida S13 klassining 100 metrga erkin usulda suzish bahslarida Mubinabonu Xalilova 1:00.84 soniya natija bilan marraga ikkinchi bo‘lib yetib kelib, kumush medalga sazovor bo‘ldi. Muslima Odilova esa 1:02.35 soniya natija bilan uchinchi o‘rinni egallab, bronza medaliga ega chiqdi.

S12 toifasida erkaklar o‘rtasida 100 metrga erkin usulda suzish dasturida Dmitriy Xorlin 55,44 soniya natija bilan ikkinchi bo‘ldi.

SM9 klassining 200 metrga kompleks usulda suzish finalida Dias Mirmanov 2:23.95 natija qayd etdi. O‘zbekiston vakili ushbu natija bilan ikkinchi o‘rinni egallab, kumush medalni qo‘lga kiritdi.

S8 klassining 100 metrga batterflyay usulida suzish finalida esa Azizbek Boynazarov 1:03.69 natija qayd etdi va u ham kumush medalga sazovor bo‘ldi.

Bugungi yangiliklar