O'zbekistonlik hakam Asker Najafaliev Indoneziya Superligasi uchun kurashda hal qiluvchi o'yinlardan biri "Persipura" – "Adhyaksa" bahsida ish olib bordi.
Bellashuv 0:1 hisobida "Adhyaksa" futbolchilarining g'alabasi bilan yakunlandi. Ushbu o'yindan so'ng hakam qarorlaridan norozi bo'lgan mezbon klub muxlislari Najafaliev va uning yordamchilari tomon turli buyumlar uloqtirishdi.
Qayd etilishicha, o'sha vaziyatdan so'ng bosh hakam jarohat olgani ma'lum bo'lgan. Avvalroq Asker FIFA Series musobaqasi doirasidagi Ozarbayjon — Serra-Leone bahsini boshqarib borgandi.