Live
2
O'zbek

O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Ozarbayjon — Serra-Leone bahsini boshqarib boradi

Futbol
30 mart, 06:29
FIFA Series musobaqasi doirasidagi o‘yinda Asker Najafaliyev brigadasi faoliyat olib boradi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
O‘zbekistonlik hakamlar brigadasi Ozarbayjon — Serra-Leone bahsini boshqarib boradi
Foto: O'FA

FIFA Series musobaqasi doirasidagi Ozarbayjon va Serra-Leone jamoalari o‘rtasidagi bugungi bahsni o‘zbekistonlik hakamlar brigadasi boshqarib boradi. Bosh hakam Asker Najafaliyevga qanotlarda Baxtiyorxo‘ja Shavkatov va Islom Azimov yordam bersa, Ahrol Risqullayev — zaxira hakami.

Ma’lumot uchun, Ozarbayjon avvalgi o‘yinda 27-mart kuni Sent-Lyusiyani yirik (6:1) hisobda mag‘lubiyatga uchratgan bo‘lsa, Serra-Leone Jibutini minimal ustunlik bilan (2:1) yengdi.

Ozarbayjon - Serra-Leone
Bosh hakam: Asker Najafaliyev
Yordamchilar: Baxtiyorxo‘ja Shavkatov, Islom Azimov
Zaxira hakami: Ahrol Risqullayev

Bugungi yangiliklar