12-16 avgust kunlari Germaniyaning Frankfurt shahrida badiiy gimnastika boʻyicha navbatdagi jahon chempionati boʻlib oʻtadi.
Dunyoning koʻplab mamlakatlaridan 350 nafarga yaqin eng kuchli sportchilarni oʻzida jamlaydigan musobaqada Oʻzbekiston jamoasi aʼzolari ham ishtirok etishadi.
Ahamiyatlisi, ushbu dunyo birinchiligida Los-Anjeles-2028 yozgi Olimpiyada oʻyinlarining dastlabki yoʻllanmalari oʻynaladi. Dasturga koʻra, ham yakkalik, ham guruh mashqi dasturlarida dastlabki uch oʻrinni egallagan sportchi va jamoalar Olimpiada litsenziyalariga ega chiqishadi.
Dunyo birinchiligida quyidagi 7 nafar oʻzbekistonlik sportchi sovrinli oʻrinlar va Olimpiada yoʻllanmalari uchun kurash olib borishadi:
Yakkalik:
– Taxmina Ikromova.
Guruh mashqi:
– Evelina Atalyants;
– Mumtoza Is'hoqzoda;
– Amaliya Mamedova;
– Yasmina Mkrtiyeva;
– Yuliya Valevataya;
– Tamila Ziganshina.
Oʻzbekistonlik badiiy gimnastikachilar litsenzion Jahon chempionatida ishtirok etishadi
Boshqa sportlar
6 avgust, 06:35
Turnir Frankfurtda boʻlib oʻtadi.
Foto: Olympic uz