Qatarda bo‘lib o‘tadigan U-17 jahon chempionati uchun qur’a tashlash marosimi yakunlandi.
Unga ko‘ra, O‘zbekiston U-17 jamoasi «E» guruhidan joy oldi. Ular guruh bosqichida Italiya, Yamayka va Kot-d’Ivuar terma jamoalariga qarshi maydonga tushadi.
E guruhi tarkibi:
Italiya
Yamayka
O‘zbekiston
Kot-d’Ivuar
Ma’lumot uchun, U-17 jahon chempionati 2026-yilning 3–27-noyabr kunlari Qatar maydonlarida bo‘lib o‘tadi.