Bugun
35
O'zbek

O‘zbekiston boks milliy jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi tarkibi ma’lum bo‘ldi

Boks
17 sentabr, 12:08
    4
Bu haqda mamlakat boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
O‘zbekiston boks milliy jamoasining Osiyo o‘yinlaridagi tarkibi ma’lum bo‘ldi
Фото: Boxing Uzbekistan

Shu yilning 19 sentyabr kuni Yaponiyaning Aichi-Nagoya shahrida Osiyo o‘yinlariga start beriladi.

4 oktabrga qadar davom etadigan musobaqada O‘zbekiston boks jamoasining tarkibi ma’lum bo‘ldi. Bu haqda mamlakat boks federatsiyasi matbuot xizmati xabar berdi.

Musobaqada O‘zbekiston jamoasi sharafini himoya qiladigan bokschilar tarkibi quyidagicha:

Erkaklar:

55 kg: Samandar Olimov

60 kg: Abdumalik Xalokov

70 kg: Shavkatjon Boltayev

80 kg: Fazliddin Erkinboyev

90 kg: To‘rabek Xabibullayev

+90 kg: Jahongir Zokirov

Bosh murabbiy: To‘lqin Qilichev.

Murabbiylar: Xuan Enrike Steyners, Rahmatjon Ro‘ziohunov, Akmal Hasanov, Davron G‘ofurov, Nodir G‘ulomov, Alimardon Dostanov, Sherzodbek Ahmadjonov.

Ayollar:

51 kg: Feruza Kazakova

54 kg: Nigina O‘ktamova

60 kg: Sitora Turdibekova

65 kg: Navbahor Hamidova

75 kg: Aziza Zokirova

Bosh murabbiy: Elshod Rasulov.

Murabbiylar: Barbaro Fernandes Ximenes, Islom Tojiboyev, Azim Xudayqulov.

Shu tariqa, O‘zbekiston delegatsiyasi Osiyo o‘yinlarida boks bo‘yicha 11 nafar sportchi bilan ishtirok etadi.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

4 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar