Osiyo kubogi saralash bosqichidan o'rin olgan hal qiluvchi bahsda O'zbekiston ayollar jamoasi Nepalga qarshi maydonga tushdi.
O'zbekiston uchrashuvni yaxshi boshlab, 10-daqiqaga kelib ikkita gol urishga muvaffaq bo'lishdi. 24-daqiqada esa raqib javob to'pini kiritdi. 39-daqiqada Maftuna Shoyimova penaltidan unumli foydalanib, hisobdagi farqni yana ikkitaga yetkazdi.
Nepalliklar ikkinchi bo'limning o'rtalarida ikkita gol kiritib, muvozanatni tikladi. Shu tariqa, o'yin yakunigacha hisob boshqa o'zgarmadi.
Qizig'i, har ikki jamoaning ham to'plagan ochkolari va to'plar nisbati bir xil bo'lib qoldi - 20:3.
Reglamentga ko'ra, jamoalarning ko'rsatkichlari bir xil bo'lib qolgani uchun Osiyo kubogi yo'llanmasi sohibi penaltilar seriyasida aniqlandi. Unda esa omad O'zbekistonga kulib boqdi - 4:3.
Shu tariqa, O'zbekiston ayollar jamoasi 23 yillik tanaffusdan so'ng Osiyo kubogi yo'llanmasini qo'lga kiritdi.
Osiyo kubogi saralashi. «F» guruhi, 3-tur
O'zbekiston - Nepal 3:3 (pen. 4:3)
Gollar: Diyoraxon Habibullayeva, 3 (1:0), Lyudmila Karachik, 10 (2:0), Maftuna Shoyimova, pen. 39 (3:1) - Sabitra Bhandari, 24 (2:1), 71 (3:2), 73 (3:3).
O'zbekiston: Jonimqulova, Qudratova, Qo'chqorova, Oraniyazova, Turdiboyeva, Mamatkarimova (Dadaboyeva, 54), Zoirova, Shoyimova, Karachik, Habibullayeva, Ergashev.
Nepal: Magar, Ghimire, Rana, Thokar, Rana, Magar, Nagarkote (Limbu, 90), Basnet (Poudel, 60), Hamal, Bhandari, Ghising (Anita, 60).
Chetlatish: Ergasheva, 45+4 (O'zbekiston).