Live
3
O'zbek

Ovechkin golsiz seriya bo‘yicha o‘z antirekordini o‘rnatdi

Boshqalar
20 noyabr, 01:09
41 yoshli hujumchi NHLda 11-oktabrdan beri shayba kirita olmayapti.
Ovechkin golsiz seriya bo‘yicha o‘z antirekordini o‘rnatdi
Foto: Getty Images

«Vashington Kepitals» hujumchisi Aleksandr Ovechkinning golsiz seriyasi 15 ta o‘yinga yetdi.

Muntazam chempionat doirasida «Vashington» «Buffalo Seybrz»ga 3:6 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Rossiyalik xokkeychi esa bahsda bitta golli uzatmani amalga oshirdi.

41 yoshli hujumchi so‘nggi bor 11-oktabr kuni «Sietl» darvozasiga shayba kiritgan edi. O‘shanda uning jamoasi 3:5 hisobida yutqazgan.

NHL matbuot xizmati xabar berishicha, Ovechkin gol ura olmayotgan o‘yinlari ketma-ketligi bo‘yicha shaxsiy antirekord o‘rnatdi. U qatorasiga 15 ta uchrashuvdan buyon raqib darvozasini ishg‘ol eta olmayapti. Uning NHLdagi butun faoliyati davomida bunday holat kuzatilmagan.

NHLdagi 22-mavsumini o‘tkazayotgan Ovechkin hisobida hozircha 6 ochko (1 ta gol va 5 ta golli uzatma) mavjud.

Stenli kubogi pley-off uchrashuvlarini ham hisobga olganda, urilgan gollar soni bo‘yicha rossiyalik xokkeychi faqat kanadalik Ueyn Gretskidan ortda qolmoqda. Gretski hisobida 1016 ta gol bor. Ovechkin esa NHL muntazam chempionatlarida 930 ta, pley-off o‘yinlarini ham qo‘shib hisoblaganda jami 1007 ta shayba kiritgan.

Bu mavsum rossiyalik hujumchining NHLdagi so‘nggi mavsumi bo‘ladi.

Bugungi yangiliklar