Bugun
36
O'zbek

Osiyo Kubogi U-20 saralashi. Oʻzbekiston Hindistonni tor-mor etdi

Futbol
3 sentabr, 11:58
    5+
Mezbonlar guruhda yakkapeshqadamga aylandi.
Osiyo Kubogi U-20 saralashi. Oʻzbekiston Hindistonni tor-mor etdi
Foto: UFA

Osiyo Kubogi U-20 saralashi doirasida 2-tut bahslari boʻlib oʻtdi.

Toshkent mezbonlik qilayotgan В guruhida mezbonlar Hindiston (3) darvozasiga javobsiz 4 ta toʻp kiritib, 6 ochko bilan yakkapeshqadamga aylandi.

Guruhning ikkinchi oʻyinida Suriya (3) Bangladeshni (0) yirik hisobda magʻlubiyatga uchratdi.

6 sentyabr kungi soʻnggi turda Jamoliddin Rahmatullayev boshqaruvidagi Oʻzbekiston yoshlar jamoasi Suriyaga qarshi maydonga tushadi.

Osiyo kubogi U-20 saralashi
В guruhi. 2-tur
Hindiston — Oʻzbekiston 0:4

Gollar: Ulugʻbek Maratov (29), Quvonchbek Abrayev (35), Shorahim Shorahmedov (66), Nurbek Sarsenbayev (90).
Oʻzbekiston U-20 — Neʼmatulloh Rustamjonov, Shorahim Shorahmedov, Azizbek Toʻlqinbekov (S)(Behruz Abdusattorov, 80), Diyor Ermanov, Quvonchbek Abrayev (Husan Koʻpaysinov, 66), Abdulfayz Bobomurodov, Ulugʻbek Maratov (Asilbek Abdurasulov, 46), Ozodbek Najmiddinov, Quvonishbek Saydaliyev (Tohir Ashurboyev, 66), Muhammadali Dilshodbekov, Asilbek Aliyev (Nurbek Sarsenbayev, 46).

Bangladesh — Suriya 0:3
Gollar: Alan (44), Praxitelous (45+1), As Sarraj (90).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • O‘zbekiston U20 O‘zbekiston U20
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

5+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar