Live
5
O'zbek

Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston birgina g'alaba bilan pley-off va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi

Futbol
10 may, 15:00
Hindiston ustidan g'alaba guruhdan chiqish va mundialda qatnashish huquqini berdi.
Osiyo kubogi U-17. O'zbekiston birgina g'alaba bilan pley-off va JCH yo'llanmasini qo'lga kiritdi
Foto: UFA
10.05.2026 FT AFC U17 Asian Cup India U17 India U17 0 : 3 O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)

Saudiya Arabistonida o'tayotgan o'smirlar o'rtasidagi Osiyo chempionatida D guruhidan keyingi bosqichga chiqqanlar ma'lum bo'ldi.

Ushbu guruhdan joy olgan KXDR musobaqada ishtirok etmasligini ma'lum qilgach, 3 jamoa — O'zbekiston, Avstraliya va Hindiston qolgandi. 1-turda «kengurular» hindlarga javobsiz 4 ta gol urgandi, bugun esa amaldagi chempion 3 bor autsayder darvozasini ishg'ol qildi.

Shu tariqa guruhdan Avstraliya va O'zbekistonning pley-offga chiqishi ma'lum bo'ldi. Shu bilan birga bu jamoalar Qatarda o'tadigan kichik mundialga ham yo'llanma olishdi. 13 may kuni bo'lib o'tadigan 3-turdagi bahsda ikki jamoa o'zaro to'qnash kelib, guruh g'olibini aniqlashadi. O'zbekiston 1-o'rin bilan keyingi bosqichga chiqishi uchun yashil qit'a vakillarini mag'lub etishi kerak.

Osiyo kubogi U-17
D guruhi. 2-tur
Hindiston — O'zbekiston 0:3
10 may, «King Abdulla Sports City Hall Stadium»
Gollar: Laziz Abduraimov (32, penalti), Singh (60, avtogol), Ahror Ravshanbekov (78).
O'zbekiston U-17 — Olim Shomurodov, Muhammadodil Orifxonov (Ahror Ravshanbekov, 60), Mirjamol Anvarov, Mvhamad Hakimov, Abubakr Rahimov, Islom Ravshanov, Adis Abdunabiyev, Muhammadjon Mamatov (Mirkomil Murodov, 60), Suhrob Sadirjanov (Jahongirmirzo O'ktamboyev, 90), Laziz Abduraimov (Rustam Aliyev, 74), Amirxon Erkinov (Farrux Hayitmurodov, 74).

Tegishli jamoalar va ligalar

  • India U17 India U17
  • O‘zbekiston (U17) O‘zbekiston (U17)
  • AFC U17 Asian Cup AFC U17 Asian Cup
Bugungi yangiliklar