Bugun
14
O'zbek

Osiyo kubogi. Oʻzbekiston ayollar milliy jamoasi Mundial yoʻllanmasi uchun bahsda Filippinga yutqazdi

Futbol
19 mart, 01:30
Endilikda jamoa yoʻllanma uchun qitʼalararo saralash bosqichida qatnashadi.
Zoirov Shohrux
Shohrux Zoirov Editor
Osiyo kubogi. Oʻzbekiston ayollar milliy jamoasi Mundial yoʻllanmasi uchun bahsda Filippinga yutqazdi
Foto: UFA

Oʻzbekiston ayollar milliy jamoasi Osiyo kubogi jahon chempionatiga saralash bosqichi doirasida Filippin milliy jamoasi bilan kuch sinashdi.

Yakunda ushbu bahs filippinliklarning 2:0 hisobidagi ishonchli gʻalabasi bilan tugadi. Shu tariqa, oʻzbekistonlik futbolchilar jahon chempionatiga toʻgʻridan-toʻgʻri yoʻllanma olish imkonini boy berdi.

Endilikda jamoa yoʻllanma uchun qitʼalararo saralash bosqichida qatnashadi. Ushbu turnir ikki bosqichdan iborat boʻladi va Oʻzbekiston ilk bosqichdan muvaffaqiyatli oʻtsa, ikkinchi bosqichda ishtirok etadi.

Maʼlumot oʻrnida, Osiyo kubogida yarimfinalga yoʻl olgan 4 jamoa toʻgʻridan-toʻgʻri, yana 2 jamoa esa saralash oʻyinlari orqali jahon chempionatiga yoʻl oladi.

Ayollar oʻrtasida Osiyo kubogi. Chorakfinal
Oʻzbekiston — Filippin 0:2
Gollar: Beard 47, Savichki 52.

Bugungi yangiliklar