Ijtimoiy tarmoqlarda "Olimpik" futbolchilarining maosh bilan bog'liq masalasi bo'yicha O'FA rasmiy munosabat bildirdi.
"Olimpik" klubi futbolchilari va murabbiylarining maoshi bilan bog'liq masala yuzasidan ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan videomurojaat O'zbekiston futbol assotsiatsiyasi tomonidan o'rganib chiqilmoqda.
Qayd etish kerak, O'FA futbolchi va murabbiylarning huquqlarini qo'llab-quvvatlaydi va ularning qonuniy talablari belgilangan tartibda ko'rib chiqiladi.
Jarayon va uning yakunlari yuzasidan qo'shimcha ma'lumot tez kunlarda taqdim etiladi», — deyiladi xabarda.