Live
1
O'zbek

«Nyukasl» yozdagi ilk transferini amalga oshirmoqda

Futbol
9 iyun, 01:40
Angliya klubi yosh darvozabon uchun dastlabki narxni pasaytirishga erishdi.
Икром Рузимуродов
Ikrom Roʻzimurodov Editor
«Nyukasl» yozdagi ilk transferini amalga oshirmoqda
Foto: Getty Images

«Nyukasl» yozgi transferlar oynasidagi ilk yirik transferini yakunlash arafasida turibdi.

Gap Fransiyaning «Reyms» klubi darvozaboni Even Jauen haqida ketmoqda. Avvalroq 20 yoshli posbon uchun 24 million funt sterling talab qilinayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Biroq «qarg‘alar» muzokaralar davomida transfer summasini sezilarli darajada kamaytirishga muvaffaq bo‘ldi. Jurnalist Kreyg Houp ma’lumotiga ko‘ra, bitim qiymati 18,65 million funt sterlingni tashkil etadi. Shu tariqa «Nyukasl» dastlabki narxdan qariyb 6 million funt tejab qolgan.

Hozirda futbolchi tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun Angliyaga yetib kelgan va transferning rasman e’lon qilinishi kutilmoqda.

Qayd etilishicha, Even Jauen darhol asosiy tarkib darvozaboni sifatida emas, balki katta salohiyatga ega istiqbolli loyiha sifatida ko‘rilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, «Nyukasl» so‘nggi yillarda qimmat yulduzlarni sotib olish bilan bir qatorda yosh va iste’dodli futbolchilarga ham e’tibor qaratishni boshlagan.

Ma’lumot uchun, Even Jauen Fransiya futbolining eng istiqbolli yosh darvozabonlaridan biri sifatida baholanmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nyukasl Nyukasl
Bugungi yangiliklar