"Atletik" vingeri Niko Uilyams yozda jamoani tark etishi mumkin. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, agar Uilyamsga 80 million yevro atrofida taklif kelib tushsa, u klub bilan xayrlashadi. Hozirda futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin bo'lgan jamoalar ro'yxatida "Liverpul" favorit bo'lib turibdi.
Avvalroq Nikonning jarohat sabab mundialni o'tkazib yuborishi mumkinligi ma'lum qilingandi. Biroq keyinchalik futbolchi Ispaniya milliy jamoasining jahon chempionati uchun kengaytirilgan tarkibidan joy oldi.