Live
1
O'zbek

«Navbahor» jamoani 9 futbolchi tark etganini ma'lum qildi

Futbol
3 yanvar, 11:40
Namangan klubi o'tgan mavsumdagi legionerlardan faqat bir nafarini olib qoldi.
«Navbahor» jamoani 9 futbolchi tark etganini ma'lum qildi
Foto: FC Navbahor

«Navbahor» klubi jamoadan ketgan o'yinchilar ro'yxatini e'lon qildi.

«Ayni paytda yurtimizda mavsumlar oralig'idagi tanaffus payti. Shu bois, jamoalar tarkibida o'zgarishlar bo'lishi tabiiy. Albatta, «Navbahor» ham bundan mustasno emas.

Yakunlangan mavsumda «lochinlar» sharafini himoya qilgan Umidjon Ergashev, Igor Gabriel, Augusto Pedro, Rian Islamov, Gillerme Gedesh, Julio Sezar, Jamshid Boltaboyev, Azimjon Ahmedov va Mirzohid G'ofurovlar jamoamizni tark etishdi. Biz ushbu o'yinchilarga «Navbahor»dagi faoliyatlari uchun minnatdorchilik bildirib, keyingi faoliyatlarida omad yor bo'lishini tilaymiz», — deb yozadi Namangan klubi matbuot xizmati.

E'tiborliysi, «lochinlar» o'tgan mavsumda o'ynagan legionerlardan faqat nigeriyalik yarimhimoyachi Benjamin Teydini saqlab qolishdi.

Bugungi yangiliklar