«Manchester Yunayted» yozgi transferlar vaqtida yakuniga qadar yana ikki futbolchi bilan shartnoma imzolashi mumkin. Bu haqda The Telegraph nashri xabar bermoqda.
Manbaga ko'ra, mankunianliklar bosh murabbiyi Ruben Amorim yangi darvozabon va yarimhimoyachi sotib olmoqchi.
Qayd etilishicha, «qizil iblislar» «Brayton» yarimhimoyachisi Karlos Baleba transferi bo'yicha potensial kelishuv narxini o'rganib chiqishmoqda. Shuningdek, klub «PSJ» darvozaboni Janluiji Donnarumma va «Aston Villa» posboni Emiliano Martinesga qiziqish bildirmoqda.
Ta'kidlanishicha, «MYU»ning keyingi transferlari ko'p jihatdan mavjud futbolchilarni sotishga bog'liq bo'ladi.
Eslatib o'tamiz, ingliz grandi yozgi transferlar oynasida hujumchilar Matey Kunya, Brayan Mbeumo va Benjamin Sheshkolar bilan shartnoma imzoladi.