Bugun
17
O'zbek

Motta murabbiylikka qaytishga tayyor. Unga 3 ta jamoa qiziqmoqda

Futbol
20 may, 17:43
Uning so'nggi ish joyi Turinning "Yuventus" klubi bo'lgan edi.
Motta murabbiylikka qaytishga tayyor. Unga 3 ta jamoa qiziqmoqda
Фото: Getty Images

Italiyalik mutaxassis Tiago Motta murabbiylik faoliyatini tiklashga yaqin turibdi.

Insayder Nikolo Skiraning xabar berishicha, 43 yoshli mutaxassis xizmatlariga ayni paytda uchta nufuzli klub — "Latsio", "Lill" va Leverkuzenning "Bayer" jamoalari jiddiy qiziqish bildirmoqda.

Mottaning o'zi ham yaqin kelajakda murabbiylik kursisiga qaytishga to'liq tayyor ekanini ma'lum qilgan.

Eslatib o'tamiz, uning so'nggi ish joyi Turinning "Yuventus" klubi bo'lgan edi. Biroq uning "zebralar"dagi faoliyati uzoqqa cho'zilmadi — mutaxassis qoniqarsiz natijalar tufayli 2025 yilning mart oyida iste'foga chiqqandi.

Ma'lumot uchun, Motta murabbiylik faoliyati davomida, shuningdek, "Bolonya", "Spetsiya" va "Jenoa" klublarini ham boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bayer Bayer
  • Lille Lille
  • Lasio Lasio
Bugungi yangiliklar