Bugun
30
O'zbek

«Monako» Balde uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
12 noyabr, 10:56
Futbolchiga APL va A Seriya jamoalari jiddiy qiziqmoqda.
«Monako» Balde uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

«Barselona» himoyachisi Alehandro Balde faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Marca nashri xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, «Monako» klubi ispaniyalik 23 yoshli futbolchiga jiddiy qiziqish bildirmoqda. Agar Balde Fransiya klubiga o‘tadigan bo‘lsa, u «Barselona»dagi sobiq jamoadoshi Ansu Fati bilan yana birga to‘p tepishi mumkin.

Biroq himoyachining atrofidagi shaxslar uning Angliya Premyer-ligasiga o‘tishini ustuvor variant sifatida ko‘rmoqda.

Shuningdek, «Yuventus» va «Roma» ham himoyachiga qiziqish bildirmoqda. Biroq har ikki klub futbolchini faqat ijara asosida qo‘lga kiritish variantini ko‘rib chiqmoqda. Uning maoshi ham bu jamoalar uchun muammo bo‘lishi mumkin.

O‘z navbatida, kataloniyaliklar ham futbolchi bo‘yicha takliflarni ko‘rib chiqishga tayyor.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Monaco Monaco
Bugungi yangiliklar