«Milan» yarimhimoyachisi Luka Modrich Xorvatiyaning 2025 yildagi eng yaxshi futbolchisi deb topildi. Bu haqda «rossoneri» matbuot xizmati xabar berdi.
40 yoshli futbolchi ushbu mukofotni faoliyati davomida 14-marta, ketma-ket esa 10-marta qo'lga kiritdi. Xorvatiya futbol ittifoqi (HNS) sovrinni allaqachon yarimhimoyachiga topshirgan.
2025/2026 yilgi mavsumda Modrich klub darajasidagi barcha turnirlarda 35 ta o'yinda ishtirok etib, 2 ta gol va 3 ta assist muallifi bo'ldi. Uning milanliklar bilan amaldagi shartnomasi 2026 yil 30 iyunga qadar mo'ljallangan.
Avvalroq Lukaning top-5 chempionatlardagi 550-o'yinini o'tkazgani ma'lum qilingandi.