Shveytsariyaning Nyon shahrida UEFA Millatlar Ligasi 2026/27 yilgi mavsumining A va B hamda B va C ligalari jamoalari o'rtasidagi o'tish o'yinlari juftliklari ham aniqlandi. Yuqori divizion vakillari o'z o'rnini saqlab qolish, quyi liga jamoalari esa yuqori divizionga ko'tarilish uchun kurash olib boradi.
A va B ligalari o'rtasidagi pley-off juftliklari:
- Bosniya va Gersegovina — Daniya
- Vengriya — Serbiya
- Irlandiya — Xorvatiya
- Sloveniya — Uels
B va C ligalari o'rtasidagi pley-off juftliklari:
- Kipr — Shimoliy Makedoniya
- Estoniya — Ruminiya
- Farer orollari — Gruziya
- Belarus — Isroil
Ma'lumot uchun, chorakfinal va pley-off uchrashuvlari 2027 yilning 25–30 mart kunlari o'tkaziladi. Musobaqaning hal qiluvchi final bosqichi esa 9–13 iyun kunlariga belgilangan.