Bugun
11
O'zbek

«Men CIAda ishlamayman». Arbeloa «Real»dagi ma’lumotlarni OAVga sizdirayotgan manba haqida gapirdi

Futbol
9 may, 11:01
Madrid klubi bosh murabbiyi jamoa ichidagi ma’lumotlar jurnalistlarga osonlikcha yetib borayotganiga munosabat bildirdi.
Омонжон Тўхтамирзаев
Omonjon To‘xtamirzayev Editor
«Men CIAda ishlamayman». Arbeloa «Real»dagi ma’lumotlarni OAVga sizdirayotgan manba haqida gapirdi
Foto: Getty Images

Madridning «Real» klubi bosh murabbiyi Alvaro Arbeloa jamoaning kiyinish xonasidagi voqealar haqidagi ma’lumotlarning jurnalistlarga chiqib ketayotganiga munosabat bildirdi.

– «Real»dagi voqealar haqidagi ma’lumotning oshkor bo‘lishiga qanday munosabatdasiz? – Men yana bir bor takrorlayman: kiyinish xonasidagi voqealarning sizib chiqishi menimcha «Real»ga, uning emblemasiga nisbatan xiyonat hisoblanadi.

– Ma’lumotning sizib chiqish manbasini topdingizmi? – Yo‘q, men CIAda yoki shunga o‘xshash tashkilotda ishlamayman. O‘z o‘yinchilarimni yoki boshqa birovni ayblay olmayman. «Real»da ko‘p odam bor va men hech kimni ayblamayman. Ӯyinchilarim bilan sodir bo‘layotgan voqealar ular bilan o‘rtamizda qoladi, — Arbeloaning so‘zlarini AS keltiradi.

Avvalroq OAV «qaymorqanglilar» yarimhimoyachilari Federiko Valverde va Orelen Tchuameni o‘rtasidagi tortishuv janjalga aylanib ketgani va urugvaylik futbolchi jamoadoshini mashg‘ulotdagi janjal haqida matbuotga yetkazganlikda ayblashi sabab bo‘lgani haqida xabarlar tarqalgandi.

*Central Intelligence Agency — Markaziy razvedka boshqarmasi

Bugungi yangiliklar