Live
9
O'zbek

“Mash'al” 12-tur oldidan kimlarga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi?

Futbol
11 iyul, 11:45
“Gazchilar” 1 iyun kunidan boshlab tayyorgarlikni Muborak shahrida boshlagan.
“Mash'al” 12-tur oldidan kimlarga qarshi nazorat bahslarida maydonga tushdi?
Фото: Машъал ПФК

Muborakning “Mash'al” jamoasi ikkinchi davra oldidan tayyorgarlik ishlarini reja asosida olib bormoqda.

Klub matbuot xizmati xabar berishicha, “gazchilar” 1 iyun kunidan boshlab tayyorgarlikni Muborak shahrida boshlagan. Yig'inning keyingi bosqichi Toshkent shahrida davom ettirildi. U yerda “Mash'al” bir qator kuchli raqiblarga qarshi nazorat uchrashuvlarida ishtirok etgan.

Tayyorgarlik yig'ini doirasida o'tkazilgan nazorat uchrashuvlari quyidagicha yakunlangan:

“Mash'al” – BuxDU — 1:1
“Mash'al” – “G'azalkent” — 2:2
“Paxtakor” – “Mash'al” — 6:1
“Lokomotiv” – “Mash'al” — 4:2
“Bunyodkor” – “Mash'al” — 1:1

Ma'lumot uchun, “Mash'al” klubi 17 iyun kuni G'uzorda “Qo'qon-1912”ga qarshi o'ynaydi. Bellashuv soat 20:00 da start oladi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Mashal Mashal
Bugungi yangiliklar