Bugun
12
O'zbek

"Manchester Siti" Valverde uchun 90 mln yevro sarflashga tayyor

Futbol
5 iyun, 05:57
Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan
Izzatbek Abduvakhobov
Izzatbek Abduvakhobov Editor
"Manchester Siti" Valverde uchun 90 mln yevro sarflashga tayyor
Фото: Getty Images

"Manchester Siti" klubi "Real" yarimhimoyachisi Federiko Valverde uchun 90 millionlik taklif tayyorlamoqda. Bu haqida jurnalist Ekrem Konur xabar berdi.

Manba ma'lumotiga ko'ra, urugvaylik 27 yoshli futbolchi "shaharliklar”ning asosiy transfer maqsadlaridan biriga aylangan.

O'tgan mavsumda Valverde barcha turnirlarda 49 ta uchrashuvda maydonga tushib, 9 ta gol urdi va 13 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

Uning "Real" bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yoziga qadar mo'ljallangan. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining bozor qiymati 120 million yevroni tashkil etadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester City Academy Manchester City Academy
Bugungi yangiliklar