UFC prezidenti Dana Uayt Konor MakGregor ishtirokidagi jangni Irlandiya poytaxti Dublindagi «Krouk Park» stadionida tashkil etish imkoniyatini ko‘rib chiqmoqda.
«Men ko‘p yillardan beri «Krouk Park» haqida gapirib kelaman. Konor MakGregorning u yerda jang o‘tkazishi imkoniyatini ham muhokama qilganmiz.
Doim imkon qadar eng yirik janglarni tashkil etishga intilaman. Shu sababli «Krouk Park» bunday tadbir uchun ajoyib maydon bo‘lardi», — dedi Uayt.
Ma’lumot uchun, Dublinda joylashgan «Krouk Park» stadioni 82 ming tomoshabinni o‘z bag‘riga sig‘dira oladi. U yerda gael futboli bo‘yicha uchrashuvlar o‘tkaziladi, shuningdek, futbol bo‘yicha Irlandiya milliy jamoasi ham o‘z uy o‘yinlarini shu yerda o‘tkazadi.
Eslatib o‘tamiz, irlandiyalik MakGregor avvalroq MMA’dagi navbatdagi jangi professional faoliyatidagi so‘nggisi bo‘lishini ma’lum qilgan edi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi