Live
5
O'zbek

Lempard: «Koventri»da ishlash menga yoqadi. Tark etishim haqida mish-mishlarga e'tibor bermayman»

Futbol
29 may, 16:45
Klub APLga qaytdi.
Lempard: «Koventri»da ishlash menga yoqadi. Tark etishim haqida mish-mishlarga e'tibor bermayman»
Фото: Getty Images

«Koventri Siti» bosh murabbiyi Frenk Lempard klubni tark etishi mumkinligi haqidagi mish-mishlarga munosabat bildirdi.

Mutaxassis rahbarligida «osmonranglar» o'tgan mavsum yakuniga ko'ra Chempionship g'olibi bo'lib, Angliya Premer-ligasiga yo'llanma oldi.

«Bu kabi mish-mishlarga e'tibor bermayman. «Koventri Siti»ga o'z ishimgni eng yaxshi tarzda bajarish uchun kelganman. Bu klubda ishlash menga yoqadi. Bu 18 oy ajoyib o'tdi, shu vaqt ichida hozirgi darajamizga yetib keldik va bundan juda mamnunman.

Men qattiq mehnat qilishni yaxshi ko'raman va klubdagi muhit ham menga juda ma'qul. Jamoada hamma bir-biriga jipslashgan. Oldimizdagi yozda yanada ko'proq ishlashimizga to'g'ri keladi», — dedi Lempard Sky Sportsga bergan intervyusida.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Koventri Siti Koventri Siti
Bugungi yangiliklar