Ispaniya La Ligasining 34-turida «Atletik» safarda «Alaves»ga qarshi o‘ynadi. Bellashuv 4:2 hisobida mehmonlarning g‘alabasi bilan yakunlandi.
Bilbao klubi safida Niko Uilyams dublga erishdi. Shuningdek, Blanko, Navarro, Tenalya va Sanset ham bittadan gol urishga muvaffaq bo‘ldi.
Shu tariqa, basklar ochkolari sonini 44 taga yetkazib, 8-o‘rinda bormoqda. «Alaves» esa 36 ochko bilan 17-pog‘onada.
La Liga. 34-tur
Alaves – Atletik 2:4
Gollar: Blanko 8 (1:0), Navarro 46 (1:1), Tenalya 68 (2:1), Sanset 74 (2:2), Uilyams 83 (2:3), Uilyams 87 (2:4).