Braziliyalik hujumkor yarimhimoyachi Filippe Koutinyoga Ispaniyaning uchta klubi qiziqish bildirmoqda.
Unga «Elche», «Rayo Valekano» va «Jirona» jamoalari da'vogarlik qilmoqda. Avvalroq yarimhimoyachini SSKA ham transfer qilish imkoniyatini ko'rib chiqayotgani ma'lum qilingan. Biroq Filippe faoliyatini yuqori saviyada davom ettirishni istamoqda. Transfermarkt portali ma'lumotlariga ko'ra, futbolchining narxi 3,5 million yevroni tashkil etadi.
Eslatib o'tamiz, Koutinyo «Vasko da Gama» muxlislarining bosimi sababli klub bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgan. Ayni paytda Filippe erkin agent hisoblanadi.