Bugun
1
O'zbek

Koutinyo "Vasko da Gama"ni tark etdi

Futbol
19 fevral, 02:30
Braziliyalik mashhur futbolchi jamoasiz qoldi.
Koutinyo "Vasko da Gama"ni tark etdi
Foto: Getty Images

"Liverpul" sobiq futbolchisi Filippe Koutinyo "Vasko da Gama"ni tark etdi. Bu haqda Braziliya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Braziliyalik mashhur vinger jamoasiz qoldi. U hozir faoliyatini davom ettirish uchun yangi variant izlamoqda. Endi Filippe erkin agent maqomida va yangi takliflarni kutmoqda.

Ma'lumot o'rnida, Koutinyo "Liverpul" va "Vasko da Gama"dan tashqari "Barselona", "Bavariya", "Inter", "Aston Villa" hamda yana bir qator jamoalar safida to'p tepgan. Ayni paytda braziliyalik futbolchi 33 yoshda.

Avvalroq 2025 yil iyul oyida Filippening "Aston Villa"ni tark etgani ma'lum qilingandi.

Bugungi yangiliklar