Bugun
1
O'zbek

Koutinyo "Aston Villa"ni tark etdi

Futbol
4 iyul, 15:58
U APL klubi bilan xayrlashdi.
Koutinyo "Aston Villa"ni tark etdi
Фото: Getty Images

"Aston Villa" Felipe Koutinyoning jamoani tark etganini e'lon qildi.

Braziliyalik 33 yoshli hujumkor yarimhimoyachi birmingemliklar bilan xayrlashdi. U ijarada "Vasko da Gama" klubida to'p surib kelayotgan edi.

Endilikda Felipe rasmiy ravishda aynan shu jamoa safiga o'tdi. Tomonlar futbolchining transferi bo'yicha to'liq kelishuvga erishgan. Bitim summasi oshkor qilingani yo'q.

Futbolchi "Aston Villa" safida 43 o'yinda maydonga tushib, o'z hisobiga 6 ta gol va 3 assist yozdirib qo'ygan.

Avvalroq "Aston Villa" klubi "Qosimposha"ning 19 yoshli himoyachisi Yosin Ozjanning transferini e'lon qilgandi.

Bugungi yangiliklar