Bugun
30
O'zbek

«Aston Villa» Yosin O‘zjanni sotib oldi

Futbol
3 iyul, 01:14
Birminghem klubi Turkiya milliy jamoasi futbolchisi bilan shartnoma imzoladi.
«Aston Villa» Yosin O‘zjanni sotib oldi
Foto: Aston Villa

«Aston Villa» Turkiya chempionatidan transferni amalga oshirdi.

Birminghem klubi «Qosimposho»ning 19 yoshli himoyachisi Yosin O‘zjanni o‘z safiga qo‘shib oldi.

Turkiyalik futbolchi transferi uchun 7 mln yevro to‘landi va u bilan 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan shartnoma imzolandi.

O‘zjan o‘tgan mavsumda Turkiya chempionatida 34 ta bahsda maydonga tushib, 1 ta golli uzatmani amalga oshirgan. U markaziy himoya va chap qanot himoyasi pozisiyalarida o‘ynay oladi.

«Aston Villa» avvalroq Rashford, Asensio va boshqa bir qator futbolchilar bilan xayrlashganini e'lon qilgandi.

Bugungi yangiliklar