Live
6
O'zbek

Koutinio SSKAga o'tmaydi. U ikki variantdan birini tanlaydi

Futbol
25 fevral, 10:55
Braziliyalik 33 yoshli yarimhimoyachi faoliyatini yakunlashi ham mumkin.
Koutinio SSKAga o'tmaydi. U ikki variantdan birini tanlaydi
Foto: Getty Images

«Liverpul», «Barselona» va «Bavariya» klublarining sobiq yarimhimoyachisi Filippe Koutinio Moskvaning SSKA jamoasi taklifini qabul qilmaydi.

Braziliyalik 33 yoshli futbolchi MLSga o'tish yoki faoliyatini yakunlash variantlarini ko'rib chiqmoqda. Bu haqda ESPN xabar qildi.

Avvalroq yarimhimoyachi «Vasko da Gama» muxlislarining bosimi sababli bilan klub bilan shartnomasini muddatidan oldin bekor qilgandi. Ayni paytda Filippe erkin agent hisoblanadi.

Koutinio klublar miqyosida eng ko'p o'yinini «Liverpul» safida o'tkazgan — 201 ta. Ushbu bellashuvlarda u 54 ta gol va 44 ta golli uzatmani o'z hisobiga yozdirib qo'ygan. Transfermarkt portali ma'lumotiga ko'ra, havbekning qiymati 3,5 million yevroga teng.

Bugungi yangiliklar