Gana futbol assotsiatsiyasi Karlush Keyrushni milliy jamoa bosh murabbiyi etib tayinladi.
Portugaliyalik 73 yoshli mutaxassis Afrika jamoasini shu yil yozidagi Jahon chempionatida boshqaradi.
Bunga qadar Keyrush Portugaliya, Qatar, Eron, Misr, Kolumbiya, JAR va O'mon jamoalarida bosh murabbiy bo'lgan. Klublar miqyosida esa «Real» va «Sporting»ni boshqargan, shuningdek, «Manchester Yunayted»da Aleks Fergyusonga assistentlik qilgan.
Gana JCH-2026da Angliya, Xorvatiya va Panama bilan bir guruhdan o'rin olgan. Turnir 11 iyundan 19 iyulgacha AQSh, Kanada va Meksikada bo'lib o'tadi.