"Neftchi" klubi 3-transferini e'lon qildi.
Farg'onaliklar 21 yoshli himoyachi Izzatillo Po'latov bilan shartnoma imzoladi.
Asli andijonlik bo'lgan futbolchi faoliyatini "Paxtakor" akademiyasida boshlagan. Keyinchalik "Turon" va "Metallurg" jamoalarida o'ynagan. 2023 yilda esa "Buxoro" safiga borib qo'shilgan.
Futbolchi 2023 yilda O'zbekiston U-20 jamoasi bilan Osiyo kubogi g'olibi bo'lgan. Yakunlangan mavsumda Superligada 22 ta o'yinda maydonga tushib, 3 ta gol urg'an. Jamoa bilan O'zbekiston kubogi finaliga qadar yetib borgan.