UEFA Millatlar ligasining 2026/27-yilgi mavsumida chorakfinal bosqichiga qur’a tashlash marosimi bo‘lib o‘tdi
Unga ko‘ra, yarimfinal yo‘llanmasi uchun Ispaniya va Fransiya o‘zaro to‘qnash keladi. Shuningdek, Angliya Norvegiya bilan, Germaniya esa Belgiya bilan kuch sinashadi. Amaldagi chempion Portugaliyaga esa Niderlandiya raqib bo‘ldi.
Chorakfinal juftliklari:
Ispaniya — Fransiya
Norvegiya — Angliya
Niderlandiya — Portugaliya
Belgiya — Germaniya
Dastlabki uchrashuvlar 2027-yilning 25–27-mart kunlari, javob bahslari esa 28–30-mart sanalarida o‘tkaziladi.
Musobaqaning yarimfinal uchrashuvlari 9 va 10-iyun kunlariga belgilangan. Uchinchi o‘rin uchun bahs hamda final 13-iyun kuni bo‘lib o‘tadi.
Millatlar ligasining hal qiluvchi bosqichiga qaysi mamlakat mezbonlik qilishi keyinroq e’lon qilinadi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi