Live
3
O'zbek

Hyoness: «Sebastyan kelajakda «Bavariya» murabbiyi bo‘lishi mumkin»

Futbol
5 may, 11:31
Myunxenliklar ehtimoliy nomzodni tilga oldi.
Hyoness: «Sebastyan kelajakda «Bavariya» murabbiyi bo‘lishi mumkin»
Foto: Getty Images

«Bavariya» kuzatuv kengashi a’zosi Uli Hyoness klubni kelajakda boshqarishi mumkin bo‘lgan murabbiy haqida fikr bildirdi.

«Vensan Kompanidan keyin Sebastyan Hyoness menga katta hurmatga sazovor. Rostdan ham unga qoyil qolaman. U «Bavariya» murabbiyi bo‘lishi mumkinmi? Hech bo‘lmaganda, u bu lavozimga nomzodlardan biri bo‘ladi», — dedi Hyoness.

Sebastyan Hyoness hozirda «Shtutgart»ni boshqarmoqda va jamoa bilan o‘tgan mavsum Germaniya kubogini qo‘lga kiritgan.

Qayd etish joiz, mutaxassis avval «Bavariya» tizimida ham ishlagan — u 2017–2019 yillarda U-19 jamoasini, 2019–2020 yillarda esa klubning ikkinchi jamoasini boshqargan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Bavariya Bavariya
  • Shtutgart Shtutgart
  • Bundesliga Germaniya Bundesliga Germaniya
Bugungi yangiliklar